"Ziraat Bank Uzbekistan" mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining sifati yuqoriligi bo'yicha taqdirlandi

"Ziraat Bank Uzbekistan" mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining sifati yuqoriligi bo'yicha taqdirlandi

"Ziraat Bank Uzbekistan" AJ mijozlarga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining sifati yuqoriligi sababli eng a’lo darajadagi "qA1" bahosi bilan taqdirlandi.

Joriy yilning may-iyun oylarida bankimiz «Ahbor-reyting» milliy reyting agentligining tajribali mutaxassislari barcha bank ofislarimizdagi ishlash tartibi va xizmat ko‘rsatish darajasini tekshirib chiqdi. Bu tekshiruv natijalariga ko‘ra agentlik "Ziraat Bank Uzbekistan" AJ ko‘rsatkichlari yuqori va zamonaviy ekanligini e’tirof etib, sertifikat topshirgan.

Ma’lumot uchun, Ahbor-Reyting O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligi bo‘lib, 1995 yilda tijorat banklari, sug‘urta va lizing kompaniyalari, korporativ obligatsiyalar emitentlari va boshqa moliya institutlariga reyting xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.

 

19.07.2024